Green Campus Initiative
Yangiliklarga qaytish
20-avgust, 2026
Loyiha

GreenCamUz loyihasi bo'yicha targ'ibot sessiyasi muvaffaqiyatli o'tkazildi!

GreenCamUz loyihasi bo'yicha targ'ibot sessiyasi muvaffaqiyatli o'tkazildi! β€” 1

12-avgust kuni O'zbekistondagi Erasmus+ Milliy ofisi hamda Qo'qon universiteti hamkorligida Erasmus+ CBHE doirasidagi GreenCamUz – "Green Campus Initiative: Integrating Sustainability into Higher Education in Uzbekistan" loyihasiga bag'ishlangan onlayn targ'ibot sessiyasi tashkil etildi.

Sessiya davomida GreenCamUz loyihasi vakillari:

πŸ”Ή Loyihaning maqsadlari, asosiy faoliyat yo'nalishlari, ish paketlari va kutilayotgan natijalari haqida ma'lumot berdilar;

πŸ”Ή Oliy ta'lim dasturlariga barqarorlik va "yashil" kompetensiyalarni integratsiya qilish muhimligini ta'kidladilar;

πŸ”Ή OTMlarda "yashil kampus"larni rivojlantirish, ekologik xabardorlikni oshirish va ekologik mas'uliyatli universitetlarni qo'llab-quvvatlash bo'yicha yondashuvlar bilan o'rtoqlashdilar;

πŸ”Ή Hamkorlik, tajriba almashish va oliy ta'lim muassasalari o'rtasida yangi tashabbuslarni rivojlantirish imkoniyatlari muhokama qilindi.

πŸ’¬ Ishtirokchilar "yashil kampus" amaliyotlari bilan yaqindan tanishish, o'z fikr va g'oyalarini almashish hamda GreenCamUz loyihasining O'zbekistonda barqaror oliy ta'limni rivojlantirishdagi hissasi haqida batafsil ma'lumot olish imkoniga ega bo'ldilar.

🀝 Erasmus+ loyihalari xalqaro hamkorlikni mustahkamlash, innovatsiyalarni qo'llab-quvvatlash va oliy ta'limning barqaror rivojlanishiga hissa qo'shishda davom etmoqda.

πŸ“Ή Sessiya yozuvini quyidagi havola orqali tomosha qilishingiz mumkin: https://youtu.be/iB71ISEI_-s

Manba: greencam.uz β€” GreenCamUz loyihasining rasmiy saytigreencam.uz da ko'rish

GreenCamUz loyihasi bo'yicha targ'ibot sessiyasi muvaffaqiyatli o'tkazildi! β€” GreenCamUz | GreenCamUz